- Yevropa Ittifoqining 34,4 mln yevro granti va Yevropa Investitsiya Bankining global bo‘limining (EIB Global) 25,45 mln yevro qarzi, Markaziy Osiyoning 1600 ga yaqin qishloqlarida sunʼiy yoʻldosh aloqa tarmoqlari orqali keng polosali aloqa xizmatlaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilmoqda.
- Ushbu moliyaviy paket SES kompaniyasining o'rta balandlikdagi yer orbitasidagi sun'iy yo'ldosh tarmog'iga ulanuvchi sun'iy yo'ldosh terminali antennalarini joylashtirish imkonini beradi.
- Team Europe tashabbusi tez va ishonchli internet tarmog'iga kirishni ta'minlash orqali chekka hududlardagi taxminan uch million kishiga yangi imkoniyatlarni yaratishni maqsad qilgan.
Yevropa Investitsiya Bankining global bo‘limi, EIB Global va Yevropa Komissiyasi sun’iy yo‘ldosh kontenti va aloqa tarmoqlariga ulanish yechimlari bo‘yicha Yevropada joylashgan provayderi, SES kompaniyasi bilan qariyb 60 mln yevrolik moliyaviy paketini imzoladi. Ushbu tashabbus Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning chekka qishloq hududlarini sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog'iga ulanishga qaratilgan.
Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmi raqamli aloqa tarmog'iga ulanish imkoniga ega emas. Bu loyiha ushbu raqamni kamaytirish uchun hududning xizmatlar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan joylaridagi taxminan 1600 ga yaqin qishloqlarni keng polosali internet xizmatlari bilan taʼminlashni maqsad qilgan. Hozirda ushbu aholi yashash punktlari keng polosali aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas, bu esa millionlab odamlarni raqamli dunyodan mahrum qilmoqda. Sun'iy yo'ldosh texnologiyasi orqali ushbu chekka hududlarga yuqori tezlikdagi internetni ishga tushirish mumkin, bu esa taxminan uch million kishining hayotini o'zgartirishi mumkin. Raqamli to'siqni bartaraf etishga yordam berish orqali ushbu tashabbus Markaziy Osiyoning raqamli iqtisodiyotga keng ko'lamda o’tishiga ham hissa qo‘shadi.
“Aloqa tarmoqlari infratuzilmasi shunchaki odamlar o‘rtasidagi aloqa emas, u ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy imkoniyatlar uchun yo'l hamdir. Ushbu tashabbus raqamli to'siqqa qarshi kurashish va EIB Global uchun ustuvor bo'lgan global aloqa tarmoqlariga ulanishni rag'batlantirishga hissa qo'shadi. Bu, Team Europening raqamli texnologiyalarni mavjudligini oshirish va insonlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish sohasidagi hamkorligining ajoyib namunasi hisoblanadi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi hamkorlarini xavfsiz va ishonchli raqamli ulanishlar bo‘yicha Yevropa nou-xau va tajribasi bilan ta’minlaydi”, dedi, Bankning Markaziy Osiyodagi faoliyati uchun mas’ul shaxs, EIB vitse-prezidenti Kiriakos Kakouris.
Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqining butun dunyo bo‘ylab odamlarni bog‘lash va ularning hayotini yaxshilash uchun xavfsiz va barqaror infratuzilmaga sarmoya kiritishni rag‘batlantiruvchi Global Gateway tashabbusiga to‘liq mos keladi. Bu Markaziy Osiyodagi raqamli aloqa tarmoqlariga ulanish bo'yicha Team Europe tashabbusining muhim drayveri bo'lib xizmat qiladi.
“Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo butun mintaqa boʻylab internet aloqasini yaxshilash uchun birgalikda ishlamoqda. Yevropa texnologiyalari va Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz tajribasi ko‘proq odamlar uchun tezkor va xavfsiz internetdan foydalanish imkonini beradi, biznesning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va mahalliy aholi yashash punktlaridagi turmush sharoitlarini yaxshilaydi. Raqamli aloqa tarmoqlariga ulanishga sarmoya kiritib, biz bo‘shliqlarni qoplayapmiz, imkoniyatlar yaratyapmiz va Markaziy Osiyoning raqamli iqtisodiyotdan foyda olishi uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar bilan ta’minlayapmiz”, dediYevropa xalqaro aloqalar boyicha komissari Jozef Sikela.
Loyiha SES kompaniyasining O3b mPOWER o'rta balandlikdagi yer orbitasi sun'iy yo'ldoshlari tarmog'ini kengaytirishga hissa qo'shadi, bu qisman EIB tomonidan joriy yil boshida taqdim etilgan 125 mln yevrolik qarz orqali moliyalashtiriladi. Sun'iy yo'ldosh tarmog'ining kengayishi ushbu chekka hududlarga yuqori tezlikdagi keng polosali aloqa xizmatlarini yetkazib berishni osonlashtiradi, ishonchli va kengaytiriladigan raqamli infratuzilmani ta'minlaydi.
“YeI granti va EIB Global qarzini olish, SES kompaniyasining moliyaviy asoslari mustahkam ekanligidan va Yevropa institutlari unga ishonchli sunʼiy yoʻldosh xizmatlarini taqdim etish sohasida ishonch bildirishidan dalolat beradi. SES kompaniyasi dunyoning eng chekka hududlarida uzluksiz aloqa tarmoqlariga ulanishni ta'minlovchi sun'iy yo'ldosh tizimlariga sarmoya kiritib, aholining keng qatlamlari uchun raqamli texnologiyalarning mavjudligini keng ko'lamda oshirish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirgan. Biz MEO sun’iy yo‘ldoshlarimizning kengayishini Yevropa Investitsiya Banki tomonidan qisman moliyalashtirilishi orqali tezlashtirilgan O3b mPOWER imkoniyatlaridan Markaziy Osiyoda foydalanishni intiqlik bilan kutyapmiz” dedi, SES kompaniyasining korporativ va bulutli texnologiyalar bo'limi rahbari Nadin Allen.
Umumiy ma'lumot
EIB Global haqida
Yevropa investitsiya banki (EIB) - bu Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli kredit tashkiloti boʻlib, u aʼzo davlatlarga tegishli. Bank Yevropa Ittifoqi siyosati maqsadlariga erishishga qaratilgan investitsiyalarni moliyalashtiradi.
EIB Global - bu EIB Groupning xalqaro hamkorlik va rivojlantirishni moliyalashtirish samaradorligini oshirish bilan shug'ullanuvchi bo'linmasi va Global Gatewayning asosiy hamkori. Uning maqsadi 2027 yil oxirigacha 100 milliard yevrolik investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib - bu Yevropa Ittifoqi tashabbusining umumiy rejasining taxminan uchdan bir qismi. Team Europening bir qismi sifatida EIB Global boshqa moliyaviy rivojlanish institutlari va fuqarolik jamiyatlari bilan kuchli, maqsadli hamkorlikni rivojlantiradi. EIB Global o'zining butun dunyo bo'ylab joylashgan ofislari orqali EIB Groupni odamlar, kompaniyalar va muassasalarga yaqinlashtiradi. OAVda foydalanish uchun EIB shtab-kvartirasining fotosuratlari mana bu yerda mavjud.
SES kompaniyasi haqida
SES kompaniyasi butun dunyo bo'ylab eng yuqori sifatdagi videoni tarqatish va uzluksiz ma'lumotlar almashish tarmoqlariga ulanishni ta'minlash orqali ajoyib taassurotlari taqdim etish uchun dadil qarashga ega. Global kontent va aloqa tarmoqlariga ulanish yechimlari provayderi sifatida SES kompaniyasi geosinxron orbita sun'iy yo'ldoshlari floti va o'rta yer orbitasi (GEO-MEO) sun'iy yo'ldoshlari turkumiga egalik qiladi va boshqaradi, bu esa global qamrov va yuqori samarali xizmatlarning kombinatsiyasini ta'minlaydi. O'zining aqlli va bulutli texnologiyalarga ega tarmog'idan foydalangan holda, SES kompaniyasi istalgan joyda, quruqlikda, dengizda yoki havoda, yuqori sifatli aloqa tarmoqlariga ulanish yechimlarini taqdim etadi va butun dunyo bo'ylab telekommunikatsiya kompaniyalari, mobil tarmoq operatorlari, hukumatlar, aloqa tarmoqlariga ulanish va bulutli xizmatlar ko'rsatuvchi provayderlar, teleradiokompaniyalar, video platformalar operatorlari va kontent egalari uchun ishonchli hamkor hisoblanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Lyuksemburgda joylashgan bo'lib, uning aksiyalari Parij va Lyuksemburg fond birjalariga kiritilgan (Ticker: SESG). Qoʻshimcha maʼlumot quyidagi manzilda mavjud: www.ses.com
Team Europe provides nearly €60 million for digital connectivity in rural Central Asia
©EIB
Télécharger original
Team Europe provides nearly €60 million for digital connectivity in rural Central Asia
©EIB
Télécharger original
Team Europe provides nearly €60 million for digital connectivity in rural Central Asia
©EIB
Télécharger original
Team Europe provides nearly €60 million for digital connectivity in rural Central Asia
©EIB
Télécharger original
Team Europe provides nearly €60 million for digital connectivity in rural Central Asia
©EIB
Télécharger original